баннер
21 Apr 2025
16:38

    Samarqanddagi sammit sabab baʼzi talabalarga qisqa muddatli taʼtil beriladi

    Oʻquv jarayonlari esa 7-aprel, dushanba kunidan boshlanadi.

    Qayd etilishicha, Samarqandda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammiti sabab 1-5-aprel kunlari quyidagi oliy taʼlim muassasalariga yozgi taʼtil hisobidan qisqa muddatli oʻquv taʼtili beriladi.

    • Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
    • Samarqand davlat chet tillar instituti
    • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
    • “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
    • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
    • Samarqand davlat tibbiyot universiteti
    • Oʻzbekiston—Finlandiya pedagogika instituti

    Ushbu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashgʻulotlari yozgi taʼtilning ilk kunlari hisobidan oʻtkaziladi.

    Eslatib oʻtamiz, Samarqandda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammiti munosabati bilan 3-4-5-aprel kunlari shaharga kirish yoʻllari vaqtinchalik yopilishi haqida xabar berilgandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech