Samarqanddagi yoshlar festivali doirasida qiziq intellektual tadbir ham tashkil etildi

    Qizgʻin va murosasiz “janglar”dan soʻng Narpay tumani chempion boʻldi.

    Viloyatdagi 16 ta shahar/tuman hokimlari oʻz hududidagi 5 nafar yoshlar bilan bitta jamoa tuzib “Zakovat” turnirida qatnashdi.

    Hokimlar yoshlar bilan birga qiziqarli mantiqiy savollarga javob izlab, selektoru majlislardan biroz chalgʻishdi.

    Qizgʻin va murosasiz “janglar”dan soʻng Narpay tumani chempion boʻldi. Eng qizigʻi, Narpay hokimining oʻzi ham hali 30 yoshga toʻlmagan ekan!

    Turnirda 2-oʻrinni Samarqand shahri, 3-oʻrinni Kattaqoʻrgʻon tumani egalladi.

    Soʻnggi paytlarda “Zakovat” oʻyini va oʻzi umuman Bilim trendga chiqishni boshlagani, lavozimidan, yoshidan, jinsidan qatʼi nazar ilm yoʻlida koʻpchilik jipslashib, intellektual tadbirlarga eʼtibor berayotgani bizni quvontirmoqda, albatta. Buni bir necha yillardan buyon orzu qilar edik, rosti.