“Oʻzbekiston Respublikasi gidlar uyushmasi” NNT vakillari yangi ziyorat va ekologik marshrutlarni yaratish uchun foto va video materiallarni tayyorlash, shuningdek, obyekt va joylar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash maqsadida Samarqandga tashrif buyurishdi.

Suratga olish ishlari Shohi Zinda majmuasi, Registon maydonida, Imom Al-Motrudiy maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi va Samarqandning boshqa ziyoratgohlarida amalga oshirildi.

Tayyorlangan barcha materiallar kelgusida uyushma qoshidagi Mentorlar maktabi (Ustozlar maktabi) uchun oʻquv qoʻllanma va video-maʼruzalar yaratish uchun ishlatiladi. Shuni taʼkidlash kerakki, maktab kelgusida ziyorat, ekologik va faol turizm turlari haqida maʼlumotga ega boʻlgan rahbarlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Gidlar uyushmasi vakillari Navoiy va Buxoro viloyatlariga ham tashrif buyurishni rejalashtirishmoqda, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.