Samarqandda "Labo" 9 yoshli bolani urib yubordi

    Samarqandda "Labo" haydovchisi yoʻlning qatnov qismida velosiped boshqarib kelayotgan bolani urib yubordi.

    Bu haqda Samarqand viloyati YHXB xabar berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 23-iyul kuni soat 14:00lar atrofida Samarqand shaharining "Saxovat" MFY hududidan oʻtuvchi ichki yoʻlida "Labo" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotgan haydovchi velosipedda harakatlanib kelayotgan 9 yoshli bolani urib ketgan.

    Hodisa oqibatida bola ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Shifokorlarning tibbiy yordamlariga qaramasdan bola shifoxonada vafot etdi.

    IIB xodimining soʻzlariga koʻra, YTH voyaga yetmagan velosipedchi qarovsiz koʻchaga chiqqani va haydovchining eʼtiborsizligi oqibatida sodir boʻlgan.

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.