Samarqanddan Istanbulga xususiy aviakompaniya parvozlarni yoʻlga qoʻydi

    Transport 24 May 2023 1449

    Qanot Sharq aviakompaniyasi Samarqand xalqaro aeroportidan Istanbulga parvozlarni amalga oshiradi.

    Joriy yil 1-iyunda “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi Samarqanddan Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri boʻlgan Istanbulga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlaydi.

    Ushbu yoʻnalishda reyslar haftada uch marta seshanba, payshanba va shanba kunlari bajariladi. Samarqanddan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan soat 7:00 ga belgilangan. Chiptalarni hamda qoʻshimcha xizmatlarni Samarqand xalqaro aeroporti kassalarida rasmiylashtirish mumkin, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.