Auksion esa davom etyapti. Xaridor avtoraqamni yutib olganidan soʻng 25 mln soʻm vositachilik yigʻimini ham qoʻshib toʻlaydi.

Maʼlumot oʻrnida, 4-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tegishli boʻlgan 30 Z 777 ZZ avtoraqami onlayn savdoda 596.525.000 soʻmga sotildi. Bu avtoraqamlar savdoga chiqarila boshlagandan beri yangi rekord narx hisoblanadi.