Samarqand viloyatida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, “Dilshodtransservis” MCHJ tomonidan Xitoyning CRRC kompaniyasida ishlab chiqarilgan 10 ta yangi avtobus olib kelingan.

Zamonaviy talablar asosida jihozlangan ushbu avtobuslar Samarqand shahar jamoat transportining yangi yoʻnalishlar tarmogʻida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. Korxona tomonidan yana 20 ta ushbu rusumdagi avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan.