Jumladan, 2004-yilda tug’ilgan Samarqand shahar 43-IDUM bitiruvchisi Suxrob Murodov 16-dekabrda bo’lgan IELTS imtihonida eng yuqori natija ko’rsatib – 9,0 ballni qo’lga kiritdi va IELTS imtihonidan 9,0 ballni kiritgan eng yosh (19 yosh) O’zbekistonlikka aylandi.
Suxrob Murodov 2021-yil martida allaqachon mavqeyi IELTSdan kam bo’lmagan C2 Proficiency imtihonini topshirib IELTS 9,0 ga teng bo’lgan natija qayd etgandi.
Garchi IELTS imtihonidan 9,0 ball olish qiyindek korinishi mumkin, lekin hozirgi kunda xorijiy tillar jumladan ingliz tilini o’rganishga berilayatgan e’tibor biz kabi yoshlarning til o’rganishga ishtiyoqimizni oshirib bormoqda deydi Suxrob Murodovning o'zi.
Xalqaro ekspert, O’zbekistondan birinchi bo’lib Kembridj Universitetining DELTA (Diploma of English Language Teaching to Adults)ni qo’lga kiritgan Muxammadxon Soliyev aytishicha: “Hozirgi kunda faqatgina xorijiy til o’qituvchilari va IELTS instruktorlarigina C2 yoki IELTS 9,0 ball olgan edilar. Suxrob 11-sinf maktabda o’qigan paytidayoq C2 hamda hali o’zi talaba bo’la turib, IELTSdan bunaqa yuqori natijalarni qayd etgani quvonarli hol. O’ylaymanki, yaqin orada Suxrobga o’xshagan yoshlarimiz soni oshadi”