Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universitetining 2-kurs talabasi Zuhro Habibova tomonidan yaratilgan O'zbekistondagi hozirgi kunda inson resurslarini effektiv boshqarish va kelajakdagi muammo va yechimlarni taklif qilgan maqola jumladan Amerika Qo'shma Shtatlarining Hossler nomidagi ilmiy-izlanish instituti ekspertlari tomonidan yuqori baholandi. Jumladan, mazkur institut professori Martina Mastin ilmiy ish mavzusi aktual ekanligini qayd etib, mazkur sohada hali ilmiy ishlar yaratilayatgani hozirgi kunda O'zbekistonda mazkur sohada berilayotgan e'tibor natijasi ekanligini ta'kidladi.

Ilmiy maqola 2023-yilning ikkinchi yarmida Hossler nomidagi ilmiy-izlanish institutining rasmiy jurnalida chop etiladi, va keng jamoatchilikka taqdim etiladi.

Mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rganishga berilayatgan e'tibor tufayli hozirgi kunda O'zbekistondagi yosh izlanuvchilarning ilmiy ishlari xalqaro e'tirofga sazovor bo'lmoqda. Bu o'z navbatida mamlaktimiz ilmiy salohiyatini dunyoga tanitishga va uchinchi renessansning mustahkam ilmiy poydevorini yaratishda xizmat qiladi.

 

Parviz Subxankulov

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining

Samarqand viloyat hududiy vakillik media-volontyori.