Samarkandlik yoshlar ingliz tili xalqaro imtihonidan rekord natija qayd etishdi

    Ta'lim 8 Avgust 2022 5375

    Samarqandlik ikki maktab bitiruvchisi IELTSda 9 (eng yuqori) ballga teng bo’lgan natijaga ega bo’lishdi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy Tillarni Ommalashtirish agentligi tashabbusi bilan Cambridge Assessment Englishning O'zbekistondagi imtihonlar markazi (Innovative Centre - UZ050)da ingliz tilining mukammal so'zlashuvchilari o'rtasida tashkil qilingan Cambridge Assessment Englishning C2 Proficiency imtihoni o'tkazildi va unda Samarqandlik 2 yoshlar - Parviz Subkhankulov va Timur Jalilovlar o'z ingliz tili bilimlarini Rossiya va Hindiston davlatlaridan kelgan ingliz tili ekspertlari o'rtasida rekord natijani qo'lga kiritgan holda isbotlashdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy Tillarni O’rganishni Ommalashtirish Agentligi vakili Muxammadxon Soliev shunday deydi:

    "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy Tillarni Ommalashtirish Agentligi tomonidan mazkur imtihon yurtimiz yoshlariga yanada ko'proq eshiklarni ochish maqsadida tashkil qilinmoqda. Shuni alohida qayd etish joyizki, mazkur imtihon O'rta Osiyo faqatgina Samarqand shahrida o'tkazilmoqda. Shu sababli ham qo'shni davlatdan ham mazkur imtihonni topshirmoqchi bo'lganlar aynan Samarqandga kelib topshirishmoqda."

    Ma'lumot uchun shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, Cambridge Assessment Englishning C2 Proficiency imtihoni dunyo bo'ylab tashkil qilingan ingliz tilini tekshiruvchi eng birinchi testlardan biri bo'lib, 1913 yildan boshlab o'tkazilib kelinadi. Birinchi testda faqatgina 3 kishi qatnashgan bo'lib, ularning uchalasi ham testdan o'ta olishmagan."

    C2 Proficiency imtihoni ingliz tilini baholovchi dunyoning yetakchi tashkiloti - Cambdridge Assessment tomonidan o'tkaziluvchi eng nufuzli test hisoblanib, u ingliz tilida erishish mumkin bo'lgan eng yuqori natijani tekshiruvchi imtihon. Samarqandlik yoshlarimiz qo'lga kiritgan natija IELTSdan 9 ballga ega bo'lish bilan tengdir.

    Nodir Saliev
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy Tillarni Ommalashtirish agentligi Samarqand bo'limi o'qituvchi treyneri.