SamATI talabalari Germaniyaning “Schneiders Obsthof” kompaniyasida amaliyot oʻtaydi

    Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining 200 nafarga yaqin talabasi oʻtgan oʻquv yilida Germaniya va Buyuk Britaniyada amaliyot oʻtagandi.

    Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga Germaniya Federativ Respublikasining “Schneiders Obsthof” kompaniyasi direktori Stefan Josef Schneider va JD East tashkiloti vakillari keldi.

    Xorijiy mehmonlarni institut rektori, professor Shavkat Hasanov kutib oldi.

    Uchrashuvda ikkala tomon vakillari bugungi kunda talabalar uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish amaliyotida raqamli texnologiyalarning mavjudligi, oʻsimliklarni oʻgʻitlash, sugʻorish, turli kasalliklarga qarshi kurashish tajribalarini oʻrganishlari boʻyicha muzokaralar olib bordi.

    Germaniyaning “Schneiders Obsthof” kompaniyasi asosan ochiq va yopiq maydonlarda qulupnay, malina va olma yetishtirishga ixtisoslashgan boʻlib, mahsulotlarni saqlash, saralash va qadoqlash bilan ham shugʻullanadi.

    Tashrif davomida delegatsiya vakillari institut talabalari bilan uchrashdi va ularning Germaniyadagi ishlab chiqarish amaliyotiga boʻlgan qiziqishlarini oʻrgandi. Shuningdek, Germaniyadagi ishlab chiqarish amaliyoti sharoitlari bilan talabalarni tanishtirdi.

    Maʼlumot oʻrnida: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining 200 nafarga yaqin talabasi oʻtgan oʻquv yilida Germaniya va Buyuk Britaniyada amaliyot oʻtagandi.