Shu yil 19-21-fevral kunlari poytaxtimiz Toshkentda sambo boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi.
Chempionatda erkaklar va ayollar 7 tadan vazn toifasida mamlakat chempionligi uchun oʻzaro bellashadi. Shuningdek, musobaqa doirasida jangovar sambo boʻyicha ham 7 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi.
Musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan 600 nafarga yaqin saralangan sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Chempionatga Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli “Universal” sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari mamlakat milliy terma jamoasi tarkibiga qabul qilinish barobarida Osiyo va Jahon chempionatlarida Vatanimiz sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritadi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.