SamDU kampusidagi yangi loyihalar taqdim etildi

    Ta'lim 15 Aprel 2021 1292

    Samarqand davlat universiteti (SamDU) – Oʻzbekistonning eng ilgʻor universitetlardan biri sanaladi. Davlatimiz rahbarining Farmoniga koʻra, ushbu dargoh mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining flagmanlaridan biriga aylanishi koʻzda tutilgan.

    Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov amalga oshirilayotgan yangi loyihalar va qurilish obyektlari bilan tanishish maqsadida SamDUda boʻldi.

    SamDU rektori, Oliy Majlis Senati aʼzosi, professor R.Xolmurodov vazirni Biologiya fakultetida qad rostlagan yangi laboratoriya binosi, tarix fakulteti yonida qurilayotgan 1 500 oʻrinli auditoriyalar binosi, shuningdek, pedagogika fakultetida qurilishi rejalashtirilgan oʻquv-binolari loyihalar bilan tanishtirdi.

    2021-yil 1-sentyabrdan faoliyat boshlashi kutilayotgan fizika sohalari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutining kelajak istiqbollari hamda Universitetning Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika institutini tashkil etish loyihalari koʻrib chiqildi.

    Vazir Biologiya fakultetining oʻquv-ilmiy muzeyiga borib, u yerda joylashgan eksponatlarni ham koʻzdan kechirdi.