Mamlakatimiz Oliy taʼlim tizimini rivojlantirish bilan bogʻliq saʼy-harakatlar sirasida xalqaro hamkorliklar ham muhim oʻrin tutmoqda. Yaqinda Koreya respublikasining Adju universiteti delegatsiyasi koʻxna Samarqandga tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab, Samarqand davlat universitetida boʻlib, rektor bilan uchrashishdi. Muloqotda tomonlar kelgusida raqamli muhandislik va boshqa sohalarda hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyishga kelishib olishdi.
Samarqand davlat universitetining kampusi va muzeylari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shundan soʻng, koreyalik mehmonlar Samarqand shahrining tarixiy obidalari, diqqatga sazovor maskanlarini ham borib koʻrishdi, deb yozmoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.