“A” guruhidagi kvalifikatsiyada ishtirok etgan Abzalova qilichbozlik va to‘siqlardan sakrash yo‘nalishlarida 250 ochkodan, suzish dasturida 243 hamda lazer-ran yo‘nalishida 484, jami 1227 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu “V” guruhi vakillari bilan hisoblaganda, umumiy saralash bosqichidagi to‘rtinchi natija.

Endi Samira Abzalova 15 iyul kuni final bosqichida medallar uchun kurash olib boradi. Afsuski, ushbu guruhda Kira Soyning jamg‘argan 810 ochkosi saralashdan o‘tish uchun yetarli bo‘lmadi.