Sammitga doir bugungi kun rejalari maʼlum qilindi

    Bugun kun davomida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Samarqandga keladi.

    Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, ertaga tongda Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatuvchi sifatida keladi.

    Bugun kunning ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.

    Shuningdek, kechki vaqt delegatsiya rahbarlari Samarqand turizm markazi hududidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyuradilar. Turkiy davlatlar tashkiloti aʼzo mamlakatlari milliy folklor sanʼatini oʻzida ifoda etgan konsert dasturi tashkil etiladi.

    Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 11-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.