Samolyot avtomobil bilan to'qnashib ketdi

    Sidney aeroportidagi xizmat avtomashinasi Jetstar aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti bilan to'qnashib ketdi, buning oqibatida samolyotning dvigatel korpusiga jiddiy shikast yetdi.

    Hodisa ertalab taxminan soat 5:30 da aeroport xodimlari samolyotni darvoza terminali tomon tortib olayotgan paytda sodir bo'lgan. Avtomashina saloni samolyotning o'ng dvigateli ostida qolib ketdi. Avtomobil haydovchisi yengil tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

    Voqea sodir bo'lgan vaqtda samolyotda hech kim bo'lmagan. Samolyot jiddiy shikastlangan va yaroqsiz holga kelgan. Aviakompaniya Sidneydan Adelaidaga rejalashtirilgan JQ760 aviareysini bekor qilishga majbur bo'ldi.

    Yo'lovchilar safarlarini davom ettirish uchun keyingi aviareyslarga qayta tayinlandi. Hodisa Sidney aeroportida havo qatnovini vaqtinchalik to'xtatib qo'ygan. To'qnashuv holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tengritravel.kz.