Ular uchun tashqarida jarayonni televizion ko‘rish uchun sharoit yaratiladi.
Kuzatuvchilar rangli va ovozli tarzda abituriyentlarni kuzata oladi. Mazkur institutda bu yil eng ko‘p hujjat topshirgan. Ma'lum qilinishicha, 15 387 abiturient ayni yo‘nalishda o‘qish uchun talabgor bo‘lgan. Yurtimizdagi taniqli san'atkorlar imtihon jarayonida ishtirok etadi.
Bu yil kasbiy imtihon topshirgan har bir talabgor videotasvirlarga olinadi va keyinchalik ochiq-oydin ko‘rsatiladi. Qo‘yilgan baholar tahlil etiladi.