Sanitariya tekshiruv oʼtkazilgan nodavlat tibbiyot muassasalarida sanitariya qoida, meʼyorlar va gigienik normativlar bajarilishida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar uchun taqdim etilgan hujjatlar asosida 10 ta nodavlat muassasa rahbarlariga jinoiy ishlar boʼyicha Guliston shahar sudi tomonidan maʼmuriy choralar qoʼllanildi.
2 ta nodavlat tibbiyot muassasacida sanitariya qoida va meʼyor talablari bajarilishida yoʼl qoʼygan xato va kamchiliklari uchun muassasa faoliyatlari vaqtincha toʼxtatilgan.
Shuningdek, noqonuniy (tibbiy litsenziyasiz) faoliyat yuritayotgan Baxt shahrida joylashgan stomatologiya xususiy klinika faoliyati aniqlanib, klinika rahbariga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda ish faoliyati toʼxtatilgan.
Noqonuniyin (tibbiy litsenziyasiz) faoliyat yuritayotgan Mirzaobod tumanining Oqoltin shaharchasida 1 ta hamda Sirdaryo tumanining Sirdaryo shahridagi 1 ta klinika hujjatlari tegishli tartibda yigʼma jild qilinib, hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etilgan.