Sankt-Peterburgdan 7 nafar vatandoshimiz olib kelindi

    Ijtimoiy hayot 24 Sentabr 2020 1166

    Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali olib kelindi.

    Butun dunyoda tarqalgan pandemiya sharoitida Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish boʻyicha Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo boʻyicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi bilan kelishuvga erishilgan va ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 15 ming dollar miqdorida mablagʻ ajratilgan.

    Kelishuvga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali olib kelindi.

    Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo boʻyicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi koʻmagida olib kelingan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar toifasiga kiradi.

    Maʼlumot uchun, bugun yana 15 nafar ana shunday fuqarolarni charter reys orqali Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahridan olib kelish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.