Sankt-Peterburgda ayiq o'z egasiga tashlanib, uni o'ldirdi

    Rossiyalik ayol Sankt-Peterburg yaqinidagi qishloqda o'z hovlisida saqlagan ayiqlardan birining hamlasidan keyin halok bo'ldi, deb xabar berdi Tergov qo'mitasining shahar bosh boshqarmasi.

    “Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ayiq Pargolovo qishlog'ida o'z hovlisida ikkita ayiqni saqlagan ayolga hujum qilgan. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo'ldi, hujum qilgan ayiq politsiya xodimlari tomonidan otib tashlandi, ikkinchi ayiq esa volberda, boshqalar uchun xavf tug'dirmayapti”, deyiladi xabarda.

    Ma'lumotlariga ko'ra, marhum ayol professional murabbiy bo'lgan, u 2015-yildan buyon yovvoyi hayvonlarni boqqan.

    Boshqarma tomonidan ehtiyotsizlik oqibatida o'limga sabab bo'lish moddasi bo'yicha tergovga qadar tekshiruv tashkil etildi.

    Favqulodda xizmatlardagi manbaning RIA Novostiga ma'lum qilishicha, ikkinchi hayvon hozirda vaqtincha uxlatib qo'yildi.

    Sankt-Peterburgning Viborg tumani prokuraturasi ham tekshiruv tashkil etib, huquq-tartibot idoralari faoliyatini nazorat qilmoqda, deb xabar beradi ria.ru.