Ishchilar mehnat shartnomasida koʻzda tutilmagan toʻlovlarni amalga oshirishni talab qilishdi.
— Hozirgi kunda kompaniyada ishchilarga toʻlanadigan ish haqi boʻyicha qarzdorlik yoʻq, — dedi «Renessans Konstrakshn» qurilish kompaniyasi matbuot xizmati.
Mojaroni hal qilish uchun kompaniya vakili va Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsuli ham voqea joyiga bormoqda.
Koʻp funksiyali «Laxta Sentra»ning qurilishi 2018-yil oktyabr oyida yakunlangan. Ayni paytda biznes va jamoat joylarini jihozlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Binoda «Gazprom» shtab-kvartirasi joylashgan.
Avvalroq Svobodniy shahrida (Amur viloyati) «Gazprom» uchun gazni qayta ishlash zavodini qurayotgan oʻzbekistonlik yuzlab muhojirlar tomonidan boshlangan gʻalayon haqida xabar berilgan edi. Ishchilar qurilishni boshqaruvchi Renaissance Heavy Industries turk kompaniyasining ofisiga kirib, kechikayotgan ish haqini toʻlashni talab qilishgandi.