“Sanoat uchburchagi” dasturi tayyorlandi

    Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qiladi. Tumanlar kooperatsiya qilsa, transport xarajati 20-30 foizga, tannarx esa 5-10 foizga kamayishi taʼkidlandi.

    Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qiladi.

    Bu 5 ta shahar-tuman bir-biri bilan yonma-yon joylashgan boʻlib, xom ashyo zaxirasiga juda boy.

    Bu yerlarda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilindi.

    Masalan, Olmaliq kombinatida yiliga 600 ming tonna temir tarkibiga qoʻshimcha komponent – “ogarok” ishlab chiqarilayapti. Ohangaron tumani va shahri, Piskentdagi 3 ta sement zavodi ishlab chiqarishda ushbu komponentdan foydalanayapti.

    Tumanlar kooperatsiya qilsa, transport xarajati 20-30 foizga, tannarx esa 5-10 foizga kamayishi taʼkidlandi.