Bu bo‘yicha Prezidentning “Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–108-son, 09.06.2026 y.) qabul qilindi.
Mazkur Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan:
- eskirgan bog‘larni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida sanoatlashtirilgan bog‘lar barpo etish yoki haydaladigan yerlar turiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani (xulosa) qabul qilish vakolati Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga ham beriladi;
Agentlik tomonidan xulosa berilgan sanadan boshlab:
- 12 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i va suvdan foydalanilganlik uchun soliq stavkalari 3 baravarga oshiriladi;
- 24 oy davomida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlarda suv olish taqiqlanadi.
2026 yil 1 iyuldan bog‘ yaratishga doir hujjatlar asosida eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashtirilgan bog‘larni barpo etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralar joriy etiladi:
- tijorat banklari orqali 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada har bir gektarga 120 mln so‘mgacha miqdorda kreditlar;
- xalqaro moliya institutlaridan meva-sabzavotchilik sohasi uchun jalb qilingan resurslar hisobidan ochilgan kredit liniyalaridan tadbirkorlarga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yillik stavka 14 foiz (shundan, bank marjasi 4 foiz) etib belgilanadi;
- xorijiy davlatlardan “in-vitro” usulida yetishtirilgan va sertifikatga ega mevali ko‘chatlarni import qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari orqali 18 oygacha muddatga milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz), har bir mevali ko‘chat uchun 5 AQSH dollarigacha ekvivalentida kreditlar ajratiladi.