Sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

    Prezident eksportni koʻpaytirish uchun yangi urugʻ navlarini oʻzimizda yaratishimiz kerakligini taʼkidladi.

    Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Xitoy va Turkiya tajribasi asosida qishloq xoʻjaligida urugʻchilik tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqib, ekinlar gen bankini kengaytirish choralarini ishlab chiqish topshirildi. Ushbu ishlarga 24 million dollar mablagʻ yoʻnaltiriladi.

    Shuningdek, tumanlarda 75 ming gektar samarasiz bogʻlar borligi, har yili 1 ming gektardan bogʻni tiklash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

    Bu borada yangi tizim joriy qilinib, unga koʻra hokimliklar sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun buyurtma beradi, loyihalarini ishlab chiqib, tadbirkorlarga 30-yilga ijaraga beradi.

    Sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi orqali imtiyozli kreditlar ajratiladi.

    Mutasaddilarga 75 ming gektar samarasiz bogʻlar hamda 100 ming gektar past hosilli paxta, gʻalla va boshqa ekin yerlari oʻrnida sanoatlashgan bogʻ va tokzorlar barpo qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.