Bu haqda «Journal for ImmunoTherapy Cancer» nashri e’lon qildi.

Unda aytilishicha, mazkur parazit uy egasi hujayralarida yashaydi va o‘zidan ko‘p miqdorda inson immunitetini himoya qiluvchi oqsillar chiqaradi.

Tajriba davomida parazitning mutant shtammi in'eksiya tarkibida sichqonlarning saraton hujayralariga immun reaksiyasini qo‘zg‘atmasdan kiritildi. Shundan so‘ng neoplazmalarning o‘sish jarayoni sekinlashib, kemiruvchilarning omon qolish darajasi oshgani kuzatildi.

Shifokorlar bu usul prostata saratoni va bolalarda uchrovchi ko‘plab o‘sma xastaliklarini davolashda qo‘l kelishi mumkinligiga umid qilyapti, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Massachusets texnologiya instituti olimlari kimyo terapiyasi va immunoterapiya kombinatsiyasi asosida saratonni davolash yo‘lini topgandi. Unga ko‘ra, shikastlangan va olib tashlangan hamda keyin o‘simta ichiga qayta kiritilgan saraton hujayralari immunitet tizimini faollashtirishga xizmat qilishi mumkin.