Saratonga qarshi yangi vaksina yaratildi

    Salomatlik 13 Iyun 2022 3422

    AQSH va Yaponiya olimlari saraton kasalligiga qarshi vaksina yaratdi. U immunitet tizimini mustahkamlash orqali organizmdagi xavfli oʻsmalarni yoʻq qilishga yordam beradi.

    Maʼlumki, hozirga qadar bu xastalikni davolashda soʻnggi chora sifatida kimyoterapiya va nur terapiyasi muolajalari hamda jarrohlik amaliyoti qoʻllanib kelinyapti.

    Tadqiqotchilar yangi vaksina har qanday yoshdagi bemorlarda samara berishi, qolaversa, saratonning barcha turlariga qarshi kurasha olishini taʼkidlayapti.

    Preparat allaqachon jonivorlarda sinovdan oʻtkazilgan. Bu jarayonda vaksina xavfli oʻsmalarni “mudofaa” qiluvchi “qotil” hujayralarga taʼsir koʻrsatishi aniqlandi. Yaʼni u saraton hujayralari yuzasida oqsillar zichligini oshirib, immunitetni “ragʻbatlantiradi”.

    Ayni paytda olimlar vaksinani bemorlarda sinovdan oʻtkazyapti. Bu jarayon muvaffaqiyatli yakunlansa, zamonaviy tibbiyot saraton oʻsmalariga qarshi kurashishning yangi usuliga ega boʻlishi mumkin, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.