Saratov viloyatiga dronlar hujum qildi, oqibatda to'rt kishi jarohatlandi

    Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchish qurilmalari 26-avgust kuni erta tongda Saratov viloyatiga (Rossiya Federatsiyasi) hujum qildi.

    Saratov va Engelsdagi ko'p qavatli uylarga zarar yetdi.

    Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan dronlar yo'q qililingani haqida gapirdi.

    Dronlar Bryansk viloyatiga ham ikki marta hujum qilgan, ular havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan, dedi viloyat rahbari Aleksandr Bogomaz. Orlov viloyatida uchta dron yo'q qilindi, dedi gubernator Andrey Klichkov. Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo'q. Tula viloyati ma'muriyati hududda uchta uchuvchisiz uchish qurilmasi hujumining oldi olingani haqida ma'lum qildi.

    Roman Busargin Saratovdagi dron hujumi oqibatida jabrlanganlar borligini, Predmostovaya maydonidagi turar-joy majmuasiga zarar yetganini ma'lum qildi.

    Uy aholisi bilan suhbatlashgani va barchaga zarur yordam ko'rsatilishini qo'shimcha qildi. Tekshiruvdan so'ng aholi qutqaruv xizmati hamrohligida hujjatlar va kerakli narsalarni olish uchun yuqoriga chiqishlari mumkin bo'ladi. Tegishli tuzilmalarga zararni baholash uchun bino konstruksiyalarini tekshirish topshirildi. Buzilgan xonadonlarda yashovchilarga turar joy ajratiladi, tovon puli imkon qadar tezroq hisoblab chiqiladi.

    Shot telegram kanali Saratovda ikki kishi jabrlangani haqida xabar berdi.

    Keyinchalik Saratov viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi to'rt kishi jarohatlangani haqida xabar berdi. “Bir ayol og'ir ahvolda Saratov shahridagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizildi. Uch nafar jabrlanuvchiga joyida yordam ko'rsatildi”, deyiladi viloyat boshqarmasi xabarida.

    Engelsda mahalliy aholi ertalab soat 5-6 atrofida portlash tovushlarini eshitishdi, ular bir necha daqiqa davom etdi. Odamlar dron uchib o'tib, ko'p qavatli binoga urilganini ham ko'rdi.

    Dronning qoldiqlari hovlidagi avtoturargohga tushib, kamida 20 ta avtomashinaga, shuningdek, tom va yuqori qavatdagi kvartiraga zarar yetkazdi. Zarar ko'rgan avtomashinalarning aniq soniga aniqlik kiritilmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, odamlar jabrlanganlar yo'q, deb xabar beradi lenta.ru.