Sardiniya qirg‘oqlaridan o‘n minglab qadimiy tangalar topildi

    Topilgan tangalarning aniq soni dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 50 mingtaga yaqin deb taxmin qilinmoqda.

    Italiyaning Sardiniya oroli qirg‘oqlarida g‘avvos o‘n minglab qadimiy bronza tangalarni topdi.

    Xabarga ko‘ra, IV asrning birinchi yarmiga tegishli tangalar O‘rta er dengizi orolining shimoliy-sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan dengiz o‘tlari orasidan topilgan.

    Topilgan tangalarning aniq soni hali aniqlanmagan, maʼlumotlarga ko‘ra ular saralanmoqda. Vazirlik bayonotida aytilishicha, ularning umumiy og‘irligiga qarab kamida 30,000 va ehtimol 50,000 ga yaqin qadimiy tanga topilganligi aytilgan.

    "Tarixiy tangalarning ko‘p qismi butun holatda. Zarar ko‘rgan bir nechta tangalarda hali ham o‘qilishi mumkin bo‘lgan yozuv bor, dedi Italiya vazirligi o‘z bayonotida.