Sardobalik Kamolaga doktorlik diplomi topshirildi

    Fan 20 May 2020 2854

    Sardoba suv ombori o'pirilishi natijasida yuzaga kelgan talafotda barcha Sardobaliklar qatori Kamola Abrorxonovaning oilasi ham katta talofat ko'rdi. Sardoba suv ombori talafotlarini bartaraf etish uchun Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev to'rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

    2020-yil 15-may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning jabrlangan aholi bilan bo'lgan suhbatida Kamola ham ishtirok etib, o'z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

    3-bosqich doktoranti Kamola “Boshlang'ich sinf o'quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqotini yakunlaganligini aytib o'tdi.

    Prezidentimiz Kamolaning ilmiy izlarishlarini inobatga olib istisno tariqasida unga doktorlik unvonini berilishini ta'kidladi.

    Guliston davlat universiteti kichik majlislar zalida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog'ida tug'ilgan Kamola Abrorxonovaga doktorlik diplomini topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

    Tadbirni Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov kirish so'zi bilan ochdi.

    Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o'qigan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang'ich ta'lim” yo'nalishi bo'yicha magistraturada va doktoranturada ta'lim olgan.

    U ijodiy faolligi va ilmiy izlanishlari natijasida 2014 yil Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo'lgan.

    Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a'zolari masofadan turib ishtirok etdi. Dissertant o'z tadqiqotlari natijasini Guliston davlat universitetidan turib bayon qildi.

    Himoyaga oid barcha jarayonlar raqamli texnologiyalar asosida tashkil etildi.

    Diplom topshirish marosimida professor va o'qituvchilar so'zga chiqib, K.Abrorxonovaning doktorlik ishini yuqori baholadi.

    O'zbekiston Repsublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmedbek YUsupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi.

    – Bu yosh olimamizning ilmiy ishi umumiy o'rta ta'lim standartlariga to'liq joriy etiladi, dedi O'zbekiston Repsublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmedbek YUsupov. – YAna bir muhim jihati mamlakatimizda ilk bor Prezidentimiz tashabbusi bilan tarbiya fanlari joriy etildi. Hozir amaliyotgan joriy qilinadigan 1-4 sinflar uchun tarbiya fanida bu olimamizning ilmiy ishlari to'liq tadbiq etiladi.

    – Mirzaobod tumanidagi maktabda tahsil olgan bu qizimiz doktorlik dissertatsiyasini onlayn shaklda himoya qilgani ilm-fan sohasidagi yana bir muhim yangilik bo'ldi, - dedi Guliston davlat universiteti professori Ravshan Mahmudov. – Bu Prezidentimiz tomonidan yaratilgan sharoit va ilm-fan sohasiga berilgan e'tiiborning yana bir yuksak namunasidir.

    – Bu e'tibof qizimning qilgan mehnatlarining amaliy natijasidir, - dedi Kamolaning onasi Tamara YAhyoxonova. – Boshimizga kelgan tabiiy ofatlar davlatimiz tomonidan bartaraf etilayotgan ayni kunlarda qizimning erishgan yutuqlari nafaqat meni, balki, butun ilmiy izlanish olib borayotgan onalarning yutug'i deb hisoblayman.

    – Ochig'ini aytsam bugungi kun men uchun haqiqiy bayram bo'ldi, - deydi Kamola Abrorxonova. – CHunki bu kutilmagan voqea hayotimda yangi sahifani ochib berdi. YUrtboshimizning olim sifatida olimalarga yaratayotgan imkoniyatlari biz uchun katta baxt. Bu mukofot meni kelajakda yanada chuqurroq izlanishga, ilm-fanda yangiliklar qilishga undaydi.

    Kamola ilm fan rivojiga, yoshlarga katta g'amxo'rlik ko'rsatayotgan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevga, ilmiy rahbariga, pandemiya sharoitga qaramasdan tadbirga etib kelib unda ishtirok etgan professor-o'qituvchilarga, Mirzaobod tumanidagi 17-sonli umumta'lim maktabi, Guliston shahridagi 2-sonli pedagogika kolleji jamoasiga o'zining samimiy minnatdorligini bildirdi.

    Yigirma sakkiz yoshli yangi fan doktoriga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg'alari hamda gul dastalar taqdim qilindi.