Sardobaliklarga sayyor tartibdagi davlat xizmati

    Ijtimoiy hayot 12 Iyul 2021 1196

    Sardoba suv toshqinidan jabr koʻrgan 90 yoshli Boboqul boboga davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatildi.

    2020-yil 1-mayda yuz bergan Sardoba suv ombori toshqini uzoq yillar sardobaliklarning yodidan chiqmasligi aniq. Toshqinga qadar Boboqul bobo ham keng-moʻl hovli uyda yashardi. Hovlisi obod, koʻrgan kishining havasini keltirardi. Ammo suv toshqinida uy-joyi suvga oqib ketdi.

    Oradan vaqt oʻtib, mahallada koʻpqavatli shinam va bejirim uylar qurib bitkazildi. Toshqindan jabr koʻrgan aholi uy bilan taʼminlandi. Boboqul bobo uch xonali yangi xonadonga ega boʻldi. Tuman DXM xodimlari Boboqul bobo Norboyevdan yashab turgan xonadonining kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun arizani sayyor tartibda qabul qildi.

    Aslida mahallalarda koʻrsatilayotgan sayyor xizmatlar zamirida ham aholiga qulay imkoniyat yaratish, bu kabi tadbirlar Boboqul bobo kabi keksa fuqarolarning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilayotgani quvonarlidir asosiy maqsad qilib olingan, deb xabar beradi DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.