Aeroport aerodromining sunʼiy sirtki qismi kapital taʼmirlandi, yaʼni uzunligi 1550 metr, eni 35 metr boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagining butun uzunligi boʻylab ikki qatlamda, yurish yoʻlagi hamda ikkita ATR-72-60 samolyoti uchun toʻxtash joylari mavjud perroni asfalt-beton bilan mustahkamlandi.
100 nafargacha yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilishi ham nihoyasiga yetmoqda. Barcha ishlar yakunlangach, bir oy ichida Sariosiyo aeroportiga muntazam reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Sariosiyo soʻnggi yillarda oʻz faoliyatini tiklagan beshinchi hududiy aeroport boʻldi.
Bungacha Moʻynoq, Qoʻqon, Shahrisabz va Zomin aeroportlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.