Sariosiyoda “Transport logistika markazi”ni barpo etiladi

    Hukumat 17 Noyabr 2023 1394

    Prezident viloyatning tranzit va turizm salohiyatini ishga solish masalalariga toʻxtaldi.

    Viloyatga qoʻshni davlatlarda 5 milliard dollarlik katta bozor boʻlsa-da, ularga eksportimiz 200 million dollarga yetmaydi.

    Hozirda 75 million dollar sarmoya evaziga “Termiz xalqaro savdo markazi” qurilmoqda. Markazga “Termiz” bojxona posti koʻchiriladi, “yagona darcha”, notarial va bank xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.

    Shuningdek, Sariosiyodagi “Oʻzbek-Tojik chegara posti” yonida 6 gektar boʻsh yerda “Transport logistika markazi”ni barpo etish, Bandixondagi “Tangi-mush” stansiyasida eksport uchun yuk ortish-tushirish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

    Tranzit salohiyati yuqori Termiz shahri, Jarqoʻrgʻon, Sariosiyo va Uzundagi magistral yoʻl chetida logistika-servis markazlari ochiladi, Jarqoʻrgʻon, Oltinsoy va Denovni bogʻlovchi 111 kilometr yoʻlni taʼmirlashga xususiy sherik jalb qilinadi.