Birinchi suratdagi oʻsimlik manzarali loladaraxti boʻlib, asosan Shimoliy Amerikada yetishtiriladi.
Loladaraxtining 1 kg urugʻidan ming dona koʻchat olinishi mumkin. Ushbu daraxt chiroyli manzara bilan birga daromad manbayi ham. Daraxtning 1 dona koʻchati oʻrtacha 370 ming soʻmga baholanadi. Qolaversa, yogʻochidan mebel, musiqa asboblari, radiopriyomniklar tayyorlashda, qishloq xoʻjaligi mashinasozligida, qogʻoz sanoatida keng foydalaniladi.
Sariosiyo tumanidagi 24-maktab tajribasi oʻzini oqlaydigan boʻlsa, kelgusida hududdagi barcha maktablarda loladaraxti yetishtirilishi koʻzda tutilgan.









