“Sariqamish“ koʻliga flamingolar galasi uchib keldi

    Yashil sayyora 21 Aprel 2021 2060

    Flamingolar oʻzgacha koʻrinishi bilan ajralib turadi. Mahalliy tilda qizilgʻoz ataluvchi bu qushlar asosan gala-gala boʻlib yurishadi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi inspektorlari va ilmiy xodimlari “Sariqamish“ koʻlida monitoring ishlarini olib bordi. Oʻrganishlar davomida flamingo galasi xodimlar kamerasi obyektiviga tushdi.

    “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻining axborot xizmatining xabariga koʻra, tabiatning bu moʻjizasi kamayib borayotgan, zaif qush sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Orol dengizining janubiy qirgʻogʻi va Amudaryo suv havzalarida, shuningdek, Sirdaryo va Zarafshon hududlarida uchraydi.

    Muhim maʼlumotlardan biri, dunyodagi populyatsiyasi 545-680 mingta atrofida.