Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning fevral oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari yanvar oyiga nisbatan, yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,7 foizga qimmatlashgan.
Sartaroshxona xizmatlari narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 3,6 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
2022-yilning fevral oyida oʻtgan oyga nisbatan:
Ayollar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari - oʻrtacha 1,5 foizga oshgan.
Erkaklar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari - oʻrtacha 1,9 foizga qimmatlashgan.
Kosmetolog xizmatlari oʻrtacha -1,4 foizga oshgani kuzatilgan.