“Sarvinoz-Shaydogul”ning baland parvozi

    BMT Taraqqiyot Dasturidan grant olishdan oldin, u bitta tikuv mashinasiga ega bo'lib, tikish bilan yakka tartibda shug'ullangan.

    ...Mening orzuim bor. Ko'plab orzularim bor. Bitta orzuim amalga oshdi. Ko'p yillar davomida o'z biznesim haqida orzu qilganimdan so'ng, men uni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldim. Men Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidagi Xiyobon qishlog'ida joylashgan “Sarvinoz-Shaydogul” yangi tikuvchilik korxonasi rahbari Sarvinoz Rahmonovaman.

    Sarvinoz kollejda bank yo'nalishida tahsil olgan, qo'shimcha tarzda kompyuter savodxonligi, tikuvchilik va oshpazlik kabi turli xil kurslarga qatnagan. BMT Taraqqiyot Dasturidan grant olishdan oldin, u bitta tikuv mashinasiga ega bo'lib, tikish bilan yakka tartibda shug'ullangan.

    O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko'maklashish — BMTTD va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qo'shma loyihasi bo'lib, Rossiya Federatsiyasi hukumati va Yaponiya hukumatining moliyaviy ko'magida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Andijon, Namangan, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 34 nafar tadbirkorlarga umumiy qiymati 1 176 940 669 so'mlik jami 323 dona zamonaviy tikuv va IT asbob-uskuna, mebel va jihozlar topshirildi.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish ta'kidlaganidek, COVID-19 pandemiyasi paytida mehnat bozorida ayollar erkaklardan ko'ra ko'proq zarar ko'rgan. Inqiroz va beqarorlik davrida qiyinchiliklarga javob berish va qayta tiklanish harakatlarining markaziga gender tengligini qo'yish maqsadida 2021-yilning 29-aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining vakillari Rossiya va Yaponiya hukumatlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida sotib olingan asbob-uskunalarni yangi loyihalarni ishga tushirish yoki mavjud bo'lgan loyihalarni kengaytirish, ayniqsa, ayollar va yoshlar uchun yangi ish o'rinlarni yaratish va qashshoqlikka barham berish uchun kichik va o'rta biznes vakillariga tantanali ravishda topshirdi.

    Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlik tashabbuslarini rag'batlantirish maqsadida beshta tadbirkorga, jumladan, uch nafar ayolga, jami 42 dona ishlab chiqarish uskunalari berildi. Bu asbob-uskunalar natijasida viloyatda ayollar va yoshlar uchun 26 ta yangi ish o'rni yaratildi, 31 nafar ayollar va yoshlar esa zamonaviy kasblar bo'yicha o'qitish va tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ldi.

    Ta'kidlash joizki, tadbirkorlar tanlov asosida tanlab olindi va biznes asoslari, marketing, moliyaviy menejment va yumshoq ko'nikmalar bo'yicha to'rt haftalik onlayn o'quv kurslarda o'qitildi.

    — BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko'maklashish loyihasi meni o'z tikuvchilik ustaxonasini ochishga meni rag'batlantirdi, — dedi Sarvinoz. — Men hech qachon o'z biznesim bo'lishi mumkin deb o'ylamagan edim, chunki men hali yoshman va tajribam yo'q. Loyiha tufayli men marketing, dizayn, tijorat takliflarini yozish kabi ishning nozik jihatlarini o'rgandim. Grant sohibi sifatida tanlanganimda, o'zimga, o'z kuchimga ishonishni boshladim! Bundan tashqari, men hozirda tikuvchilik ustaxonamda beshta ayol bilan ishlayman. Tikuvchilarim tikgan kiyimlar tezda mashhur bo'lib ketdi. Men o'z mahsulotimni Toshkent, Urgut, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog' bozorlariga yetkazib bera boshladim.

    Sarvinoz zamonaviy pardalar va harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan tikuvchilik ustaxonasi qurilishi tugagach, undan ham ko'proq ayollarni ish bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda.

    — Men anchadan beri ishsiz edim, —deydi ishchilardan biri Gulshoda Ashurova. — Ammo hozir menda yangi ko'nikmalarni o'rganish imkoniyati bor. Sarvinozning nuri porlaydi va u o'z ishtiyoqi va quvvati bilan o'rtoqlashadi, bu ham menga yorqin kelajakka umid bag'ishlaydi. Men bu imkoniyat uchun tashkilotchilarga minnatdorman.

    BMT Taraqqiyot dasturi xodimlari bilan suhbat chog'ida Sarvinoz o'z ishtiyoqi bilan o'rtoqlashdi: “Rejalarim juda ko'p. Tikuvchilik korxonamni kengaytirmoqchiman, ko'proq ayollarni yollamoqchiman, ular bilan bu loyiha orqali olgan bilimlarimni bo'lishmoqchiman. BMTTD tomonidan tashkil etilgan o'quv mashg'ulotlarida men bir narsani tushundim — xotin-qizlar va yoshlarni sarmoyalashtirish orqali mahalliy iqtisodiyotni rag'batlantirish mumkin.

    Sarvinozning so'zlariga ko'ra, malakani oshirish qashshoqlikning samarali va barqaror echimi hisoblanadi, chunki odamlar o'z ishini boshlashi yoki kengaytirishi mumkin, bu esa oxir-oqibat barqaror daromadga olib keladi. Bundan tashqari, muvaffaqiyat modellari xotin-qizlar va yoshlarga umid va optimizm olib keladi. Bir kishining salohiyatini mustahkamlash jamiyat salohiyatining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu loyiha orqali yanada ko'proq aholi o'z maqsadlariga erisha oladilar va mintaqadan tashqarida ham o'zgarish qilishlari kutilmoqda.