Anatoliy Trushkin 79 yoshida Moskvada vafot etdi, deb xabar beradi RIA Novosti, yozuvchining do'sti, xizmat ko'rsatgan artist Nikolay Lukinskiyga asoslanib.

Ma'lumki, may oyi boshida yozuvchiga koronavirus tashxisi qo'yilgan, unda kasallik og'ir holatda o'tayotgandi.

"May oyining boshida uni kasalxonaga olib ketishdi, u erda bir yotdi, keyingi paytda ahvoli yaxshilanib kelayotgan edi. Besh kun oldin nabirasi bilan gaplashgandi. Muolajalar yaxshi o'tayotgan, u iyul` oyida gastrolga borishni rejalashtirgandi. endi esa mana bu qayg'uli xabarni eshitib turibmiz”, deydi Lukinskiy.

Ma'lumot uchun: Anatoliy Trushkin - sovet va rus yozuvchisi, muharriri va stsenariy muallifi, shuningdek televideniyadagi komediya dasturlarining doimiy ishtirokchisi edi. 1992 va 2010 yillarda “Adabiyot gazetasi”ning "Oltin buzoq" mukofotiga sazovor bo'lgan. Trushkinning asarlari Efim SHifrin, Mixail Evdokimov, YAn Arlazorov, Klara Novikova, Vladimir Vinokur va boshqa estrada artistlarining repertuariga kiritilgan.