Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, jahon chempionatiga beshta shahar – Ar-Riyod, Jidda, Al-Xobar, Abha va Neom mezbonlik qiladi. Musobaqa uchun maxsus bir nechta stadionlar quriladi, mavjudlarini esa Xalqaro futbol federatsiyasi talablariga javob beradigan tarzda modernizatsiya qilish va kamida 40 ming o'rinli qilib, kengaytirish rejalashtirilgan. Ochilish o'yini va final bir vaqtlar qurilgan, 92 ming muxlisni sig'dira oladigan Qirol Salmon nomidagi stadionida bo'lib o'tadi.
Saudiya Arabistoni 2034-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirgan yagona davlatdir. 2026-yilgi jahon chempionati AQSр, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. 2030-yilgi jahon chempionatining asosiy mezbonlari Ispaniya, Portugaliya va Marokash bo'ladi, turnirning ochilish o'yini Urugvayda, keyingi ikki o'yin Argentina va Paragvayda o'tkaziladi. 2026-yildan boshlab jahon chempionatlarida 48 ta jamoa ishtirok etadi, deb xabar beradi tass.ru.
Jahon chempionati-2034 mezboni 11-dekabr kuni bo'lib o'tishi kutilayotgan FIFAning alohida kongressida rasman tasdiqlanadi.