Saudiya Arabistoni bilan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

    Transport 22 Aprel 2022 930

    Joriy yil 19-aprelda Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov va Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi prezidenti A.Al-Dualij hamda “Flynas” aviakompaniyasi bosh direktori B.Al-Moxanna oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Muzokaralar chogʻida tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etildi.

    Xususan, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo shaharlariga Saudiya Arabistonidan sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida ikki davlatning tayinlangan aviakompaniyalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

    Uchrashuvda tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.