Muloqot chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish borasida keyingi amaliy qadamlar muhokama etildi.

Jumladan, Oʻzbekistonning turli hududlarida muqobil energiya sohasida qator yirik loyihalarni amalga oshirayotgan ACWA Power kompaniyasining ijobiy tajribasi qayd etildi. Kompaniya hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusidagi investitsiya tashabbuslarini hayotga tatbiq etishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oʻzaro tayyorlik bildirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil avgust oyida Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi chogʻida imzolangan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida SABIC, Saudi Telecom Company, Saudi National Bank, Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group, Jamjoom Pharma, Al Rajhi International, Ajlan & Bros Holding Group va Al Hokair Group kompaniyalari bilan kimyo, telekommunikatsiya, tibbiyot, farmatsevtika sohalari va bank sektori, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, chakana savdo tarmoqlarini tashkil etish yoʻnalishlarida bir qator loyihalarni maromiga yetkazib, foydalanishga topshirishni tezlashtirish istiqbollari muhokama etildi.

Saudiya Arabistoni tomonidan 24-25-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasidagi savdo, iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat, sport va yoshlar sohalarida kelishuvlarni monitoring qilish boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning

6-yigʻilishini SAPda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi muhokama etildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.