Bu haqda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov ayni paytda Saudiya Arabistoni Podshohligida boʻlib turibdi. Ikkala davlat oʻrtasida oʻtgan davra suhbatida ichimlik va oqova suv yoʻnalishida oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuv imzolandi.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning iyul oyida Saudiya Arabistonining Miahona (Vision Invest tarkibiga kiradi) kompaniyasi ijrochi direktori Awaadh Al Otaibi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Ahmad Suvonqulov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan edi. Unda kompaniya vakillari oʻzining DXSH (davlat-xususiy sheriklik) yoʻnalishidagi loyihalar muhokama qilingan edi.