Xususan, Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, “Al Rajhi”, “Dr. Sulaiman Al-Habib”, “Saudi German Hospitals”, “Saudi National Bank”, “Maaden”, “Dar Al Arkan” i “Al Hokair” kompaniyalari rahbariyatlari bilan muzokaralar oʻtkazildi.

Meva-sabzavotchilik va chorvachilik, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, toʻqimachilik sanoati va qurilish sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari har tomonlama va konstruktiv tarzda koʻrib chiqildi.

Sogʻliqni saqlash sohasiga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, tashxis qoʻyish, oʻquv va ilmiy-tadqiqot boʻlimlarini birlashtirgan koʻp tarmoqli tibbiyot muassasalari va tibbiy klasterlarni tashkil etish, shuningdek tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston tijorat banklarini xususiylashtirishda Saudiya Arabistoni banklari vakillarining ishtirok etishi orqali ular bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasida yoʻlovchi va yuk aviatashuvlari hajmini oshirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi.

Tomonlar yaqin kelajakda qatʼiy kelishuvlarga erishish va tegishli bitimlarni imzolash maqsadida rahbar va ekspertlar darajasida yaqin hamkorlik va muzokaralarni davom ettiradilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.