Saudiya Arabistoni delegatsiyasining Oʻzbekistonga ishchi safari tashkil etiladi

    Oʻzbekiston elchisi Ulugʻbek Maqsudov Saudiya Arabistoni Podshohi devoni maslahatchisi, Podshoh Salmon gumanitar yordam markazi Bosh direktori Abdulloh bin Abdulaziz ar-Rabia bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Muzokaralar davomida Saudiya tomoni rasmiy Toshkent va Ar-Riyoz oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari davlatimiz rahbarining 2022-yil 17-18-avgust kunlari podshohlikka amalga oshirgan rasmiy tashrifidan soʻng jadallashib borayotganini maʼlum qildi.

    Xususan, Saudiya Arabistoni hukumatining Oʻzbekiston bilan munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga boʻlgan intilishi, bu borada Markazning mamlakatimizdagi ishlab chiqilayotgan loyihalarni moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqishga va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga tayyor ekanligi taʼkidlandi.

    Turli sohalarda Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni qoʻshma loyihalarini amalga oshirishdagi muvaffaqqiyatlardan mamnunlik bildirildi.

    Uchrashuv yakunida Markaz mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekistonga ishchi safarini tashkil etishga kelishib olindi.