Saudiya Arabistoni elektron nashri sahifasida O‘zbekiston mavzusi

    Keyingi yillar davomida Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharq mintaqasi ommaviy axborot vositalari sahifalarida O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demokratik va konstitutsiyaviy islohotlar jarayoniga bag‘ishlangan xabar-maqolalar tez-tez eʼlon qilinmoqda.

    Saudiya Arabistonida nashr etiladigan “Nabd al-Hadath” elektron gazetasida “O‘zbekiston poytaxti Toshkentda yangi zamonaviy sport majmuasi ochildi” sarlavhali axborot materiali eʼlon qilindi.

    Unda mamlakatimiz poytaxtidagi Muhammal Al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalari universitetida zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani tafsilotlari qalamga olingan.

    “Zamonaviy sport majmuasida mini-futbol, voleybol, basketbol, yugurish, kurash va boshqa 8 sport turi bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan”, deb yozadi “Nabd al-Hadath” elektron nashri.