Saudiya Arabistoni fuqarolariga vizasiz rejim joriy etiladi

    Xalqaro hamkorlik 18 Avgust 2022 1702

    2022-yil 16-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–190-sonli Farmoni qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan Saudiya Arabistoni fuqarolariga Oʻzbekiston hududiga kirishda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi.

    Bunda ular oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilishi kerak, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabar orqali Fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar roʻyxati bilan havola orqali toʻliq tanishish mumkinligi qayd etilgan.