U biotibbiyot fanlari magistri bo'lib, ixtisosligi — saraton va ildiz hujayralarini tadqiq qilish.
Qayd etilishicha, Rayyana Barnavining missiya tarkibiga kiritilishi Saudiya Arabistoni rasmiylarining qirollikni modernizatsiya va isloh qilish strategiyasida muhim qadamdir. Ar-Riyod so'nggi paytlarda ayollar huquqlarini ta'minlash hamda mamlakatni faqat o'ta konservativ qadriyatlar ustunlik qiladigan hudud imidjidan xalos qilish uchun bir qator choralar ko'rmoqda.