Yigʻilish ishtirokchilariga mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va yangilanishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish hamda investitsiyaviy muhitni yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Suhbat chogʻida investitsiyalarni jalb etish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, qator ustuvor yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha amaliy ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish masalalari muhokama etildi. Masalan, taʼlim, texnologiyalar va innovatsiyalar, transport va turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari alohida koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar, rejalashtirilgan tadbirlar va kelishilgan loyihalarni amalga oshirish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishga kelishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.