Robot Ab Robots kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, muqaddas shaharga tashrif buyuruvchilarga yoʻl koʻrsatadi va muhim xabarlarni yetkazadi.
Aqlli robotlar arab va boshqa bir qancha tillarda javob bera oladi.
Mazkur turdagi robotlar qirollikning boshqa bir qancha joylarida, jumladan, shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti va Haramayn temir yoʻl vokzali, shuningdek, Quba, Xandaqa, Sayyid al-Shuhada va Miqat Zul-Xulayfa masjidlarida ham mavjud, deya xabar beradi Saudi Gazette.
Shuningdek, Makka shahrida ham robotlar ziyoratchilarga yordam berishi uchun joylashtirildi. Ular 11 tilda muloqot qilib, Makkadagi Masjidu Haromga tashrif buyurgan millionlab mehmonlarga yoʻl-yoʻriq va maʼlumot berishlari mumkin.