Saudiya Arabistoni muftiysining namozi bo'yicha fatvosi chiqdi

    Ijtimoiy hayot 21 May 2020 1866

    Koronavirus pandemiyasi sabab jamoat namozlarini uylarida ado qilayotgan butun dunyo musulmonlari hayit namozini ham jamoat bo'lib o'qiy olmaydilar.

    Saudiya Arabistoni ulamolari kengashi raisi va Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi boshlig'i muftiy Abdulaziz ash-SHayx koronavirus bilan bog'liq vaziyatdan keyin bu yilgi hayit namozini uyda o'qishga ruxsat berish to'g'risida fatvo chiqardi.

    Fatvoga ko'ra hayit namozi xutbasiz ado qilinadi. Namoz ikki rak'at bo'lib, unda oltita takbir bor.

    SHuningdek, u fitr sadaqa va zakotni munosib bo'lgan odamlarga taqsimlab berish va hayit doimgidek xursandchilik bilan nishonlashi kerakligini qo'shimcha qildi.

    Ulamolar kengashining a'zosi shayx Abdul Salom Abdulloh Sulaymon hayit namozini yolg'iz o'qimay, oila a'zolari bo'lsa, ularning hamrohligida ado qilishlari mumkinligini fatvoda bildirib o'tgan.

    Hayit namoz vaqti

    SHuningdek, olimlar hayit namozining vaqti quyosh chiqqandan so'ng 15-30 minut o'tishi kerakligini aytadilar. Hayit namozining vaqti peshin namozidan oldin tugaydi.

    Barcha mazhablarga ko'ra, quyosh chiqayotgan vaqtda hayit namozini o'qish mumkin emas. SHunday qilib, quyosh chiqqandan 15-30 minut keyin namoz o'qiladi.

    eslatib o'tamiz, O'zbekistonda Ramazon hayiti 24 may, yakshanba kuniga to'g'ri kelmoqda.